Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarada o‘tish uchun navbat kutayotgan avtomobillar soni kamaydi
11:20 / 2019-04-09

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Aqtilek-Avtodorojnыy» nazorat o‘tish punktidan o‘tish uchun navbat kutayotgan avtomobillar soni ikki barobar kamaydi.


Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Aqtilek-Avtodorojnыy» nazorat o‘tish punktidan o‘tish uchun navbat kutayotgan avtomobillar soni ikki barobar kamaydi. Bu haqda o‘tish punkti boshlig‘i Azamat Anarbaev ma’lum qildi. Shu bilan birga hukumat, qirg‘iz-qozoq chegarasidagi NO‘P odatdagidek ishlay boshlagani xaqida bayonot berdi.

Bundan avval chegaradagi vaziyat Qirg‘iziston va Qozog‘iston bosh vazirlari Muxammedkaliy Abilgaziev va Asqar Mamin tomonidan muhokama qilingan edi. Erishilgan kelishuvga ko‘ra, Davlat bojxona xizmati raisi Almaz Onolbekov boshchiligidagi delegatsiya Nursultonga tashrif buyurdi.

Avvalroq Qirg‘iziston «Aqtilek – Avtodorojnыy» NO‘Pida 200 dan ortiq yuk avtomobillari to‘planib qolganini ma’lum qilgan edi. Tekshiruvlar Qozog‘iston tomonidan 19 martda kuchaytirildi.

3 aprel kuni Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi bayonot berib, Qozog‘iston tomonining chegaradagi harakatlari Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi normalariga xilof ekanligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston tomoni bergan bayonotga ko‘ra, yuk tashuvchilar nazoratdan o‘tishni istamayotgani sababli Qirg‘iziston bilan davlat chegarasida avtotransport vositalari to‘planib qolgan.