Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarada jangovar o‘qlar to‘xtatildi
10:44 / 2024-01-17

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali jangovar patronlarni olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

Bunga “Olot” chegara bojxona posti hamda DXX Chegara qo‘shinlari xodimlarining o‘zaro hamkorligida chek qo‘yilgan. Unda tranzit yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomashinasi chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Yuk avtomashinasiga yengil avtomashinalar ortilganligi bois, ularning har biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada “Chevrolet Impala” rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘i ostida kalibri 9 mm. ga teng bo‘lgan 2 dona jangovar o‘q borligi aniqlandi.  

Hozir holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri