Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarachilar uchun tuhfa
15:26 / 2025-07-09

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegaradosh hududda chegara qo‘shinlari vzvodi yangi majmuasi foydalanishga topshirildi. Qisqa vaqt ichida bu yerda bir necha ob’ektlar, jumladan, ma’muriy, turar joy binolari, shuningdek, sport majmuasi hamda axborot kutubxona markazi, tikuvchilik sexi qurib, bitkazildi.  

[gallery-24229]

Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, eng avvalo, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga yorqin misol ekanini ta’kidladi. Tadbirda zobitlar va muddatli harbiy xizmatchilar oilalariga yangi uylar kaliti, esdalik sovg‘alari, shuningdek, chegara qo‘shinlari vzvodiga maxsus texnikalar topshirildi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA