Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarachilar oilalari uchun tibbiy ko‘rik
16:43 / 2021-12-08

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Farg‘ona viloyati Quvasoy shaxridagi harbiy qismda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokorlari tomonidan sarhadlarimiz posbonlarining turmush o‘rtoqlari va ularning farzandlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 Ko‘rik davomida kasalliklar tarqalishini oldini olish, ushbu jarayonda shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya etish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. 


Shu bilan birga ularning salomatligini saqlash, mavjud kasalliklarni erta aniqlab, o‘z vaqtida davolash maqsadida terapevt, lor, ginekolog va pediatr tekshiruvlari hamda psixolog maslahatlari ham tashkil etilmoqda.

Barno Meliqulova,
O‘zA