Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarachilar jamoasi “Mustaqillik kubogi” sohibi
10:54 / 2021-09-06

Avval xabar berganimizdek, 3-5 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida polo bo‘yicha O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik kubogi” bahslari bo‘lib o‘tdi.

Turnir doirasida tashkil etilgan qorabayir zotli otlarning birinchi milliy festivali, “Yurtimiz tulporlari” foto ko‘rgazmasi ot sportiga qiziquvchilarda katta taassurot qoldirdi.  

 Uch kunlik murosasiz bahslarning yarim final natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin uchun O‘zbekiston termir yo‘llari va Chegarachilar jamoasi bahslashgan bo‘lsa, 3-o‘rin masalasiga Milliy gvardiya va Nestvon jamoalarining bahsi aniqlik kiritadigan bo‘lgandi.  

 Kecha dastlab Milliy gvardiya va Nestvon jamoalari 3-o‘rin sohibini aniqlash uchun maydonga chiqdi. Polo sport qoidalarini chiroyli bajargan va safida qorabayir otlari bo‘lgan Nistvon jamoasi deyarli barcha chakker (bo‘lim)larni o‘z foydasiga hal qilib, “Mustaqillik kubogi”ning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

 Final o‘yinida esa avvaliga O‘zbekiston temir yo‘lchilarining qo‘li baland kelayotgan edi. Ammo so‘nggi chakkerlarda Chegarachilar jamoasi a’zolari g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish qildi va ilk bor tashkillashtirilgan turnirning bosh sovrini – “Mustaqillik kubogi”ga sazovor bo‘ldi  

 G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.  

 T. Ro‘ziyev, O‘zA