Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarachilar harbiy qasamyod qabul qildi
12:16 / 2023-04-27

Andijon viloyati Xonobod shahridagi DXX Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tashni boshlagan askarlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Tadbirda Xonobod shahridagi harbiy qism serjant va ofitserlari, askarlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda so‘z olgan harbiy qism komandiri, podpolkovnik X.Ro‘ziqulov va boshqalar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotgani, harbiy xizmatchilarning xizmatni yuqori saviyada o‘tashi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlashdi.

[gallery-11600]

O‘zbekiston madhiyasi yangradi. So‘ng keng maydon uzra saf tortgan harbiy askarlar tantanali ravishda Vatanga qasamyod qabul qildi. Harbiy qismda askarlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligi, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar askarlarning xizmat va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.  

– Harbiy qismda farzandlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik, – deydi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidan xizmat burchini o‘tash uchun kelgan oddiy askar Botirjon Sharipovning onasi Feruzaxon Suyunova. – Ochig‘i, bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib, xursand bo‘ldik. Xizmatni a’lo darajada o‘tash uchun barcha qulayliklar va imkoniyatlar yaratilgan. Ishonamanki, farzandlarimiz ana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurt himoyasi yo‘lida munosib xizmat qiladi.  

Tadbir doirasida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va badiiy jamoalar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA