Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegara qo‘shinlariga navbatdagi chaqiriluvchilar qabul qilindi
19:23 / 2023-03-15

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida navbatdagi muddatli harbiy xizmatchilarni kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab askarlar temir yo‘l vokzalidan kutib olindi. So‘ng maxsus mashinalarda harbiy qismga olib borildi. Tantanali kuy-qo‘shiqlar yangradi. Saf tortgan askarlar shahdam qadamlar bilan harbiy qismga kirishdi.  Shu yerdan ular harbiy xizmatga ilk qadamni qo‘yishdi.  

[gallery-10986]

Shaxsiy tarkib maydonda saflandi. Rostlan buyrug‘i berildi. Harbiy qism bo‘ylab mardonavor davlat madhiyasi yangradi. Harbiy qism komandiri va tadbirga tashrif buyurgan jamoatchilik vakillari harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarni tabrikladi.  

– Qashqadaryo viloyatiga chegaralarimiz sarhadlarini qo‘riqlash uchun yetib keldik, – deydi  jizzaxlik Shohjahon Botirov. – Har bir yigit borki vatan oldida o‘z burchini bajarishi shart. Shu qatori men ham o‘z yigitlik burchimni bajarish uchun harbiy xizmatga keldim. Yoshligimdan chegarachi bo‘lishni orzu qilganman. Bu orzuim bugun ushaldi. Albatta vatanimga sadoqat bilan xizmat qilib, ota-onamni va Prezidentim ishonchini oqlashga va’da beraman.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.