Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegara qo‘riqchilari uchun ko‘chma savdo yarmarkasi
19:10 / 2025-12-31

Jizzax viloyatining olis Yangiobod tumanida joylashgan “n” harbiy qismga qarashli chegara qo‘riqlash vzvodlarida Yangi yil ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, kundalik ehtiyoj mahsulotlarini qulay shartlarda xarid qilish imkoniyatini yaratishga qaratildi.

Yarmarkada oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar, sabzavot va mevalar, shuningdek, boshqa zarur mahsulotlar bozor narxlariga nisbatan ancha arzon va sifatli holda taklif etildi. Bu esa xizmat vazifasini bajarayotgan harbiylar uchun vaqt va mablag‘ni tejash, oilaviy byudjetga yengillik kiritishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida savdo-sotiq ishlari belgilangan tartib asosida, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etgan holda tashkil qilindi. Yarmarka ishtirokchilariga qulay muhit yaratilgani, xizmatchilar va ularning yaqinlari tomonidan iliq kayfiyatda qabul qilindi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri