Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegara postida 250 million so‘mlik dori vositalari ushlab qolindi
16:13 / 2020-12-24

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, boshqarma xodimlari tomonidan “Do‘stlik” chegara postida xomilani tushuruvchi maxsus dori pereparatlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan “Do‘stlik” chegara posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro, asli Namangan viloyatida yashovchi M.B. o‘z harakatlari bilan bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. Shu sababli u va uning buyumlari qonunda belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Fuqaro M.B. ning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, sumkasining ichki astar qismiga yashirilgan “Mesopril Kit” nomli (xomilani tushiruvchi), umumiy qiymati 250 million so‘mlik dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirincha mamlakatimiz hududiga olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. 

Ushbu holat bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy olib o‘tilayotgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘z manafaatini, boylik topishni o‘ylab, dori vositalarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga uringan M.B. o‘zining ushbu xatti-harakati nafaqat qonunlarimizga zid, balki yurtdoshlarimiz sog‘ligi va hayotiga xavf solishi mumkinligini unutmasligi kerak. 

 

F. UBAYDULLAEV, O‘zA