Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegara bojxona punktlari qayta ish boshladi
17:31 / 2022-07-13

O‘zbekiston Respublikasini Qozog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi “Malik” va “Oqoltin” chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi.

Pandemiya e’lon qilinganligi sababli 2020 yil mart oyidan boshlab yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar harakati vaqtincha to‘xtatilgan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postining “Malik” va “Oqoltin” chegara bojxona punktlari faoliyati joriy yilning 12 iyul kunidan boshlab qayta tiklandi.  

Mazkur chegara bojxona punktlari kunduzi faoliyat yuritib yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.  

Sh. Suyarov,O‘zA