Tovar-moddiy boyliklarning mamlakatimizga noqonuniy kirib kelishini oldini olish borasida bojxona organlari tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona post xodimlari bir qator huquqbuzarlik holatlari fosh etildi.
Jumladan, bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan yuk konteynerida keltirilgan suv nasosi ehtiyot qismlari tovarlarining inspeksion ko‘rik majmuasi tasvirlari va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlari o‘rtasidagi ma’lumotlarning o‘zaro nomuvofiqligi sababli belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, hujjatlarda qayd etilmagan 2 milliard so‘mdan ortiq 84 010 dona turli xildagi xo‘jalik mollari borligi aniqlandi. Navbatdagi aniqlangan holatlarda yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, ammo yuk konteynerlarida yuklangan 201 million so‘mlik 7 turdagi xo‘jalik tovarlari va 127 million so‘m qiymatdagi 377 dona nasoslarni himoyalash uskunalari tovarlari ham fosh etilgan.
Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati.