"Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda kamida 59 nafar ommaviy axborot vositalari vakili kasbiy faoliyati tufayli halok bo‘lgan. Meksika eng xavfli davlat bo‘lib qolmoqda, undan keyin Ukraina turadi, deyiladi xabarda.
“Jurnalistlarning 80 foizi qasddan o‘ldirilgan”.
Meksika ketma-ket to‘rtinchi marta jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili bu davlatda uyushgan jinoyatlar mavzusini yoritgani uchun 11 jurnalist o‘ldirilgan edi.
Ukraina atrofidagi mojarolar mavzusini yoritish jarayonida jurnalistlarning joniga qasd qilingan rus va ukrainlar qatorida fransuzlar ham bor.
Avvalroq “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti 2022 yilda dunyo bo‘ylab kamida 65 ommaviy axborot vositalari vakili o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilot 1 dekabr holatiga ko‘ra, kamida 533 jurnalist qamoqqa olingani haqida ma’lumot beradi. Bu holatlarning yarmidan ko‘pi Xitoy, Myanma, Eron, Vetnam va Belarusga to‘g‘ri keladi.
Abror XON, O‘zA