Chavushoglu: Turkiya, Rossiya va Suriya tashqi ishlar vazirlari yanvar oyida uchrashishlari mumkin
Turkiya, Rossiya va Suriya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi yanvar oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoglu rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti yakunida ma’lum qildi.
“TRT” telekanali Chavushogluning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: “Yanvar oyi ikkinchi yarmida uchrashuv Moskvada yoki uchinchi davlatda bo‘lib o‘tishi mumkin”.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralar natijasida davlat yetakchilarining sammit uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olishga erishish rejalashtirilmoqda.
O‘zA