Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavusho‘g‘li: Turkmaniston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘ladi
17:40 / 2022-10-03

Turkmaniston tez orada Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘ladi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda tasdiqlanadi.

Avvaliga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, deb atalgan Turkiy davlatlar tashkiloti 2009 yil 3 oktyabrda tashkil etilgan. Dastlab tarkibida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya bo‘lgantuzilmaga 2018 yil O‘zbekiston qo‘shildi.

Vengriya kuzatuvchi maqomiga ega. 2021 yil noyabr oyida Turkmaniston ham kuzatuvchi maqomini olgan.

O‘zA