Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavondozlarimiz Barselonaga yo‘l oldi
17:53 / 2021-09-30

Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari konkur bo‘yicha Millatlar kubogi finalida qatnashish uchun Ispaniyaga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda olympic.uz sayti.

Ma’lumki, vakillarimiz O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyada o‘tkazilgan saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Yevrosiyo divizionining 11 mamlakati orasida yagona yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Ot sportida Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng turuvchi ushbu nufuzli tadbirlardan biri aynan Millatlar kubogi sanaladi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi barcha milliy federatsiyalarni joylashuviga ko‘ra, saralash bosqichlari o‘tkaziladigan 7 ta mintaqaga ajratdi va eng kuchli 18 ta jamoa (1 ta jamoada 4 ta chavandoz) yakuniy turnirga yo‘llanma oladi. Kubok finali har yili kuzda Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Millatlar kubogida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan Bahromjon Gaziyev, Umid Komilov, Bekzod Qurbonov, A’zam Tolibboyev joy olgan.

Bahslarda Belgiya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, AQSH va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA