Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimizni Sharjada jiddiy sinov kutmoqda
11:00 / 2026-02-05

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tomonidan konkur bo‘yicha “Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & Sharjah CSI3*” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Turli mamlakatdan kelgan ot sporti bo‘yicha terma jamoalar a’zolari qatorida ushbu musobaqada Bahromjon G‘oziyev, Bekzod Qurbonov, Feruz Abdullayev, Abdurahmon Abdullayev va Akbar Sharipov kabi chavandozlarimiz ishtirok etadi. Mazkur nufuzli turnir doirasida CSI3*, CSIYH1*, CSIY-A hamda CSIJ-A (Outdoor va Indoor) toifalari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval terma jamoamiz a’zolari aynan Sharja shahrida o‘tgan “Sharjah Nation Cup” xalqaro musobaqasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSIO4*, CSI1* (indoor), CSIYH1* (outdoor), CSIOY (outdoor), CSIOJ (indoor) hamda CSIOCh (indoor) toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA