Chavandozlarimiz xalqaro turnir sovrindori
Rossiyada ot sporti bo‘yicha o‘tkazilgan «Maxima masters Eurasia» turkumiga kiruvchi «Maxima stables» xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning 4 yoshgacha bo‘lgan tulporlar bahsida chavandozimiz Alena Derevyanko o‘zining yangi «Pikasso» ismli oti bilan chiqish qilib, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. To‘siq balandligi 95 sm. bo‘lgan yo‘nalishda esa Ermuhammad Fozilxo‘jayev o‘zining «Lotus» laqabli oti bilan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, to‘siq balandligi 110 sm. yo‘nalishda Bekzod Ergashboyev «Skarlet» tulpori bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, bir qator yo‘nalishlarda chavandozlarimiz o‘z otlari bilan shohsupaga ko‘tarildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA