Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Sharjada shohsupaga ko‘tarildi
10:21 / 2025-12-22

Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro CSI3* musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning navbatdagi kunida Abdurahmon Abdullayev o‘z yo‘nalishida eng yaxshi natijani qayd etib, shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.  Shuningdek, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon  G‘oziyev 125-130 santimetr balandlikdagi to‘siqlarda o‘tkazilgan bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida joriy yilning 24 dekabr kuni “GLOBAL TOUR-2025” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.  Ushbu turnirda mamlakatimizning eng mohir chavandozlari 6 ta yo‘nalishda bahslarga kiradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA