Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Sharjada porlamoqda
10:41 / 2025-02-24

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan CSI5*-W va CSI2* tasnifidagi xalqaro musobaqada chavandozlarimiz yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.

Nufuzli musobaqaning 190 sm. balandlikdagi 6 to‘siqli konkur bahslarida Abdurahmon Abdullayev “Chikarito” laqabli otida ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Bekzod Qurbonov “Matts V.G” nomli tulporida bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning ilk kunida Abdurahmon Abdullayev “Go Four It B“ laqabli otida ikkinchi, Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli otida uchinchi pog‘onadan o‘rin olgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA