Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Rossiyada yana sovrindor bo‘ldi
10:53 / 2025-06-16

Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasining “Grand Prix” bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqaning 150 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda hamyurtimiz Akbar Sharipov “Afir” laqabli tulporida eng yaxshi natija qayd etgan holda g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ikkinchi chavandozimiz Bekzod Qurbonov “Matss VG” nomli tulporida bronza medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘tgan hafta yakunida tashkil etilgan xalqaro turnirda Alisher Erkinov oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bekzod Qurbonov ("Matts VG") bronza medaliga ega chiqqan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA