Chavandozlarimiz Rossiyada sovrindor bo‘ldi
Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Horse Expert Cup” xalqaro turnirida chavandozlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning 110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Marina Dushenko oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, G‘ayrat Nazarov kumush medalga loyiq ko‘rildi. To‘siq balandligi 115 sm. bo‘lgan bahslarda Xurshidbek Alimjonov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Shuningdek, Alisher Erkinov (125 sm.) konkur bahslarining bironza medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida: Xurshidbek Alimjonov va Alisher Erkinov Rossiyada o‘tkazilgan “Business on Horseback” xalqaro turnirida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA