Chavandozlarimiz Rossiyada sovrindor bo‘ldi
Rossiyaning Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etayotir.
Musobaqaning dastlabki kunida 110 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Xurshidbek Alimjonov oltin va bronza, Mirzohid Musayev kumush medalini qo‘lga kiritdi. 125 sm. yo‘nalishda Alisherjon Erkinov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtiroki mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar samarasi sifatida baholanmoqda.
Darvoqe, Yevroosiyo ligasi 22 iyun kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA