English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Qozog‘istonda tengsiz bo‘ldi
09:55 / 2025-05-31

Qozog‘istonning Ostona shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasi xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yevroosiyo mintaqasining yetti davlatidan eng kuchli chavandozlar ishtirok etdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, turnirning 140 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda o‘zbek chavandozlariga teng keladigani topilmadi.  

Jumladan, Xurshid Alimjonov “Champions League” laqabli otida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Akbar Sharipov “Afir” nomli otida kumush, Bekzod Qurbonov esa “Matts V.G” laqabli otida bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqaning 125 sm. balandlikdan ot sakratish bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishdagi oltin va bronza medallari qozog‘istonlik Andrey Tryapitsin hamda Dayana Onayevaga nasib etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA