Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Polshada zafar quchishdi
16:15 / 2022-11-28

Polshaning Leshno shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz Bekzod Qurbonov va Alisher Erkinov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yevropaning 10 dan ortiq davlatidan mahoratli chavandozlar qatnashgan bahslarning birinchi kunida Bekzod Qurbonov 130 santimetr balandlikdan sakrash bellashuvlarida «Xonim» laqabli tulporda 3-o‘rinni egalladi.

Alisher Erkinov esa 110 santimetr balandlikdan iborat to‘siqlardan sakrash bahslarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirning Gran-pri yo‘nalishi hisoblangan 150 sm. to‘siqlardan sakrash bahslarida Bekzod Qurbonov «Metts» laqabli tulporda 60 nafar ishtirokchi orasida 7-pog‘onadan joy oldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA