Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Millatlar ligasining final bosqichiga yo‘l oldi
12:50 / 2021-08-10

Moskva shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining to‘rtinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Unda ishtirok etgan jamoamiz g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada 11 mamlakatdan tashrif buyurgan sara chavandozlar ishtirok etdi. Yakunda yigitlarimiz eng yuqori ko‘rsatkich qayd etib, joriy yil Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasining final bosqichiga yo‘l oldilar.

Musobaqada yurtimiz sharafini Umid Komilov, Nurjon Tuyoqboyev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov, Bahromjon Gaziyev va A’zam Tolboyev himoya qildi.

O‘zA