Chavandozlarimiz Fujayra turnirida sovrindor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI3 tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yurtimiz vakillari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Mahoratli chavandozimiz Abdurahmom Abdullayev “Caballone” laqabli oti bilan 150 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bekzod Qurbonov “Matts VG” bilan 145 sm. balandlikni zabt etib, 3-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA