English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz “CSI 5★”da porladi
10:06 / 2026-01-12

Abu-Dabidagi nufuzli “CSI 5★” musobaqasida o‘zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri ot sporti bo‘yicha eng nufuzli xalqaro turnirlardan biri — “CSI 5★” (besh yulduzli)ga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada faqat yuqori reytingga ega bo‘lgan mahoratli chavandozlar ishtirok etadi.  

Shu bois, Abu-Dabidagi turnir yil boshidagi yirik va e’tibor markazidagi xalqaro bahslardan biri sifatida qayd etildi. Musobaqada Bahromjon G‘oziyev, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov, Abdurahmon Abdullayev va Akbar Sharipov kabi mahoratli chavandozlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib tarzda qatnashdi.

Ayniqsa, musobaqada Bekzod Qurbonov Gran-pridan o‘rin olgan bellashuvda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA