French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz BAAda muvaffaqiyatga erishdi
09:33 / 2026-01-26

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash — konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan ushbu nufuzli turnir dunyo ot sporti muxlislari e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

Musobaqa doirasida CSI4-W, CSI2*, CSIU25-A, CSICH-A, CSIYH, CSIAm-A va boshqa toifalar bo‘yicha bahslar tashkil etildi. Qator yetakchi davlatlardan kelgan sportchilar bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham musobaqada munosib ishtirok etdi.

Xususan, Bahromjon G‘oziyev, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov, Abdurahmon Abdullayev hamda Akbar Sharipov yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Musobaqaning ilk kunida CSIU25 toifasida Akbar Sharipov uchinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi kuni esa Abdurahmon Abdullayev CSIU25 toifasida ikkinchi, CSI2* toifasida to‘rtinchi o‘rin bilan musobaqani yakunladi. Shuningdek, Akbar Sharipov yana bir bor CSIU25 toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining mazkur musobaqadagi natijalari mamlakatimizda ot sporti, xususan konkur yo‘nalishi izchil rivojlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA