Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Abu-Dabida porlamoqda
12:33 / 2026-01-23

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyo chavandozlari qatori vakillarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev CSIU25* toifasida 140 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, CSI2* toifasida to‘siqlar balandligi 140 sm. bo‘lgan dasturda ishtirok etib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Darvoqe, ushbu yo‘nalishda Akbar Sharipov uchinchi o‘rindan joy oldi.  

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida Akbar Sharipov “CSIU 25” tasnifidan o‘rin olgan 1 metr 35 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA