Chavandozlar uch kurashda kuch sinashdi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti klubida uch kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakuniga yetdi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda ob-havoning noqulay kelganiga qaramasdan mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan chavandozlar bor mahoratlarini namoyish etishdi.
Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, Jasurbek Hotambekov, Maksim Dvoryanskiy, Alisher Erkinov va Muhammaddiyor Raimjonov musobaqaning g‘olib va sovrindorlari sifatida taqdirlandi.
O‘zA