Chavandozlar Toshkentda jam bo‘ldi
Toshkent shahrida joylashgan “Universal Horses Stables” sport klubida ot yo‘rttirish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan chavandozlar raqobatlashdi.
Musobaqaning 1-o‘rta toifasida raqobatlashgan chavandozlar orasida Alina Shevsova birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Feruza Abdullayeva ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Kubok bahslarining ikkinchi kuni yakuniga ko‘ra, “B” toifasida Alina evsova “Zamperoni” laqabli otida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Inna Tokmakova va Svetlana Soy o‘z yo‘nalishlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA