English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlar O‘zbekiston kubogi uchun bahslashmoqda
13:01 / 2022-10-21

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Universal Jumping Agro” ot sporti majmuasida konkur bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mamlakatimizning 100 nafarga yaqin chavandozlari 4 ta dasturda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.   

Ilk kungi musobaqalarda o‘z yo‘nalishlarida Mariya Bushenko, Temur Azizov, Dilshod Shokirov, Javohir Dilxushov kabi yoshlar g‘oliblikka erishdi.  

Bugun konkur yo‘nalishidagi bahslar poyoniga yetsa, 22-23 oktyabr kunlari chavandozlar uch kurash musobaqalarida o‘z omadini sinovdan o‘tkazishadi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA