English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlar ot sportining jozibasini namoyish etishdi
09:55 / 2023-12-01

Toshkentdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “Uzbekistan Global Tour 2023” turnirida mahoratli chavandozlar ishqibozlarga ot sportining o‘ziga xos jozibasini namoyish etishdi.

“Uzbekistan Global Tour 2023” turnirining yettinchi bosqichida yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Belarus davlatlarining vakillari ham qatnashgani bahslarning yanada qiziqarli kechishiga olib keldi.  

70 nafardan ziyod chavandozlar qatnashgan musobaqalar yakunida Ulug‘bek Obidjonov, Sofiya Toshmatova, Saidamirxon Turg‘unboyev, Bekzod Ro‘zmuhamedov, belaruslik Sergey Antonovich o‘z yo‘nalishlarida musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA