Chavandozlar “FEI World Challenge – 2025” bahslashdi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sport klubida konkur bo‘yicha “FEI Jumping World Challenge – 2025” musobaqasining birinchi bosqich uchrashuvlari yakunlandi.
Nufuzli musobaqaning ilk turida chavandozlar uch toifada raqobatlashdi. Jumlandan “A” guruhidagi (120–130 sm) bahslarda Bekzod Ro‘zimuhammedov “Akdarius” laqabli tulpori bilan birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “B” toifasida (110–120 sm) Anna Sigidina “Elis G” nomli otida g‘olib bo‘ldi. “C” tasnifida 100–110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Shavkat Abdurashidovga (“Narletta A.V.”) teng keladigani topilmadi.
Endi “FEI Jumping World Challenge – 2025” musobaqasining ikkinchi bosqichi 13-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda chavandozlar bundanda murakkab yo‘nalishlarda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA