French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlar “FEI Eventing Challenge World – 2025” turnirida jam bo‘ldi
10:39 / 2025-11-17

Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida uch kurash (eventing) yo‘nalishi bo‘yicha “FEI Eventing Challenge World – 2025” xalqaro musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar FEI talablariga to‘liq mos ravishda chiqish qilib, o‘z mahoratlarini namoyon etdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Maruf Abdullayev, “Yodgor Sher” laqabli otida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Medinna Abdurahmonova “Gudmen” nomli tulporida ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Alisa Sodiqova “Garpus” otini mingan holda bronza medaliga ega chiqdi.  

G‘olib va sovrindorlar FEI standartlariga muvofiq diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Darvoqe, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “FEI Eventing Challenge” musobaqasi ham yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA