Chavandozlar bahsi qizg‘in o‘tdi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour – 2025” musobaqasining so‘nggi, beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning to‘siq balandligi 135 sm. bo‘lgan bahslarida Bekzod Ro‘zmuhammadov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 125 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Angelina Pastuxova “Ervin” laqabli tulporida oltin medalga ega chiqdi. Abdushukur Sobirjonov “Chikago Ledi” nomli otida 110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib, ushbu yo‘nalish g‘olibiga aylandi.

Shuningdek, 10-14 yoshli chavandozlar orasida o‘tgan bellashuvlarda Sevinch Nazarova (110 sm) va Lochin Tohirjonov (105 sm) musobaqada g‘alaba qozondi. 90 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Nilufar Qodirovaga teng keladigani topilmadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA