Chavandozimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Emerald Stables” ot sporti majmuasida konkur bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov qiziqarli dasturlardan birida g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz “Speed&music” nomini olgan 130 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida “Champions ligas” laqabli tulporida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
T. Ro‘ziyev, O‘zA