Chavandozimiz nufuzli turnirda sovrindor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tomonidan konkur bo‘yicha o‘tkazilgan “Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & Sharjah CSI3*” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.
Turli mamlakatdan kelgan ot sporti bo‘yicha terma jamoalar a’zolari qatorida ushbu musobaqada Bahromjon G‘oziyev, Bekzod Qurbonov, Feruz Abdullayev, Abdurahmon Abdullayev va Akbar Sharipov kabi chavandozlarimiz ishtirok etadi. Mazkur nufuzli turnir doirasida CSI3*, CSIYH1*, CSIY-A hamda CSIJ-A (Outdoor va Indoor) toifalari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zosi Bekzod Qurbonov CSI3* toifasida to‘siq baldandligi 145 sm. bo‘lgan konkur bellashuvlarida shohsupaning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. Shuningdek, Bahromjon G‘oziyev CSI3* toifasida o‘tgan 125 va 120 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda 5-o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA