Chavandozimiz nufuzli turnirda sovrindor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida FEI tomonidan ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI 2* darajasidagi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev “CSIU25-A” yo‘nalishida munosib ishtirok etdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu turnir 16 yanvar kuniga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda aynan Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI5* tasnifidagi nufuzli musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov Gran-pri dasturida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA