English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozimiz Jahon kubogi final bosqichiga yo‘l oldi
10:58 / 2023-04-08

Okean ortidagi Omaxa shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha davom etayotgan Jahon kubogi saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Nurjon Tuyakboyev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xabar berganimizdek, AQSH ot sporti maydonida dunyoning 41 nafar eng kuchli chavandozlari bilan bahs olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjon Tuyakboyev “Lanselotta” laqabli tulporida o‘tkazilgan “tozalik” va tezlikka asoslangan dasturda munosib natija qayd etdi.

Hamyurtimiz Tuyakboyev kecha yana bir dasturda qatnashib, musobaqaning final bosqichida qatnashish huquqiga ega chiqdi.

Bugun, 8 aprel kuni Jahon kubogi final musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/1MPYNdFTRKY" title="AQShda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

T. Ro‘ziyev, O‘zA