Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozimiz Germaniyadagi turnirda sovrindor boʻldi
10:46 / 2020-07-28


23-27-iyul kunlari Germaniyaning Ninburg shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “32. Nienburg Reiterfest” turniri boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, mazkur musobaqada chavandozimiz Bekzod Qurbonov yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Balandligi 135 santimetr boʻlgan toʻsiqlardan oʻtish bellashuvlarida Bekzod 60 nafar sportchi orasida kumush medaliga sazovor boʻldi. 70 nafar ishtirokchi bahs olib borgan balandligi 140 santimetrni tashkil etgan yoʻnalishda esa sportchimiz bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, Bekzod Qurbonov Las-Vegas (AQSH)da boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan “FEI World Cup 2020” musobaqasining final bosqichiga yoʻllanma olgan. Vakilimiz mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik koʻrish uchun Germaniyaga yoʻl olgan, biroq koronavirus sababli Yevropa arenalarida oʻz ishtirokini vaqtinchalik toʻxtatgan edi. Hozirgi kunga kelib, musobaqalarning qayta boshlaganligi tufayli Qurbonov yurtimiz sharafini himoya qilishda davom etmoqda.