Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozimiz Bekzod Qurbonov xalqaro turnirda g‘oliblikka erishdi
15:14 / 2025-12-16

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI4 tasnifidagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i sarbaland bo‘ldi.

Dunyoning 91 nafar mahoratli chavandozlari qatnashgan bahslarda  ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli tulpor bilan 135 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

– Ushbu turnirda g‘alaba qozonganimdan xursandman. Yil yakuniga qadar Sharja va Abu-Dabida turnirlar bor. Sharjadagi musobaqa ushbu haftaning so‘nggi kunlarida tashkil etilsa, konkur bahslari kelgusi xafta Abu-Dabida o‘tkaziladi. Ushbu musobaqalar kelgusi yili AQSHda o‘tadigan jahon kubogiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi, – deydi telefon orqali muloqotda Bekzod Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz a’zosi B.Qurbonov kelgusi yili AQSHning Texas shtatida o‘tadigan jahon kubogi final bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqqan chavandoz hisoblanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA