Chavandozimiz Al-Aynda sovrindor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli CSI3-W va CSIYH1** toifalaridagi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqa dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etmoqda.
Qayd etish joizki, mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev boshchiligida Akbar Sharipov, Bekzod Qurbonov, Feruz Abdullayev hamda Abdurahmon Abdullayev kabi chavandozlarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kuni doirasida Abdurahmon Abdullayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, “Medium Tour” dasturi asosida “Six Bar” yo‘nalishida Feruz Abdullayev 4-o‘rindan joy oldi. Bugun musobaqada so‘nggi bellashuvlar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA