French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozimiz Abu-Dabidagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
10:07 / 2026-01-20

BAAning Abu-Dabi shahridagi «FBMA» klubida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan xalqaro musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan chavandozlar qatori O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi.

Ushbu musobaqada Abdurahmon Abdullayev «CSIU 25-A» toifasida mamlakatimiz sharafani himoya qilib, yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mazkur natija O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ot sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir.  

Ma’lumot uchun, 20-25 yanvar kunlari Abu-Dabi shahrida navbatdagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. «FEI» taqvimiga kiritilgan ushbu turnirda Bahromjon G‘oziyev, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov, Abdurahmon Abdullayev, Akbar Sharipov kabi mahoratli chavandozlarimiz ishtirok etadi. Musobaqa doirasida CSI4-W, CSI2, CSIU25-A, CSICH-A, CSIYH, CSIAm-A va boshqa toifalar bo‘yicha bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA