ChatGPT Yaponiyadagi universitetlarga kirish imtixonida yuqori ball to‘pladi
“OpenAI” tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chat-boti Yaponiya universitetlariga kirish imtihonida 15 ta fandan 9 tasida eng yuqori ball to‘pladi. Bu haqda sun’iy intellekt tizimlarini qiyosiy sinovdan o‘tkazgan “LifePrompt” kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.
Tadqiqotda ChatGPT, “Google Gemini” va “Anthropic”ning “Claude Opus” modellari ishtirok etdi. Imtixon natijalariga ko‘ra, ChatGPTning javoblari o‘rtacha 97 foiz aniqlikka ega bo‘lgan. Eng yuqori ballar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya, siyosat va iqtisodiyot fanlarida qayd etildi.
“LifePrompt” bu kabi sinovlarni to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelmoqda. 2024 yilda ChatGPT savollarning o‘rtacha 66 foiziga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, 2025 yilda ko‘rsatkich 91 foizga, 2026 yilda esa 97 foizga yetdi — modelning ish sifati sezilarli darajada yaxshilangan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA