Chat GPT O‘zbekistonda soliq to‘laydi
OpenAI sun’iy intellekt kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmatlar yetkazib beruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, bu haqdagi ma’lumotlar Davlat Soliq Qo‘mitasi saytida paydo bo‘ldi. Endi Chat GPT ishlab chiquvchisi respublika byudjetiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘laydi va O‘zbekiston hududida rasmiy ravishda xizmatlar ko‘rsatadi. 2023 yil oxirida kompaniya O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun ro‘yxatdan o‘tishni ochdi va o‘zbek bank kartalaridan to‘lovlarni qabul qilishni boshladi.
2020 yilda xorijiy elektron platformalarga O‘zbekistonda soliq hisobiga turish majburiyati yuklatilgan edi. Shundan beri Google, Amazon va boshqa ko‘plab kompaniyalar raqamli xizmatlar yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritildi.
2025 yil yanvar oyida Ebay ham respublikada ro‘yxatdan o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JMu6gR7UzvE" title="Chat GPT Oʻzbekistonda soliq toʻlaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA