Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chashma bulogʻi – Soʻxning aziz qadamjoyi
12:22 / 2020-08-12

Biz safarimizni ana shu maskandan boshladik.

OʻzA maxsus muxbiri Soʻxdan xabar qiladi

Chashmadan chiqayotgan shifobaxsh suv asrlar davomida bu yerda istiqomat qilayotgan aholini obihayot bilan taʼminlab kelmoqda.

Biz safarimizni ana shu maskandan boshladik.

Ha, soʻxliklar bu buloqni oʻzgacha qadrlashadi, unga mehri ham boʻlakcha. Shu bois ham bu yerni ziyorat qiluvchilar koʻp. “Chashma” bulogʻi qoʻshni Qirgʻiziston bilan chegaradosh hududda joylashgan. Bu buloqning ikki arigʻidan oʻzbek, tojik va qirgʻiz xalqlari foydalanadi. Bir daqiqada 200 litr suv chiqadigan bu maskanning tarovati oʻzgacha.

Shu mahallada yashovchi Keldibek ota Yoʻldoshev va Akbarali Sheraliyev bilan suhbatlashdik.

– Qishda buloq suvi iliq, yozda esa sovuq boʻlib, jonga rohat bagʻishlaydi, – deydi otaxonlar. – Bu aziz avliyolar nazar solgan joy. Boʻlmasa shunday togʻ orasidan buloq chiqarmidi.. Bu xalqimizning rizqi. Suvning shifobaxshligi, maʼdanlarga boyligini mutaxassislar ham yuqori baholashdi.

“Chashma” mahalla fuqarolar yigʻinida bugungi kunda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari avjida. Mutasaddilarning taʼkidlashicha, “Chashma” bulogʻi atrofini obodonlashtirish, buloqni tozalash tizimini joriy etish koʻzda tutilmoqda. Buloqning suvini qadoqlash boʻyicha korxona tashkil etiladi.

photo_2020-08-12_12-21-36.jpg

photo_2020-08-12_12-22-08.jpg