Charos Anvarbekova: "O‘zbegimning ilg‘or qizlaridanman..." (+video)
Hozirgi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, avvalo, ularning jamiyatda qadrini oshirish, azaldan o‘zbek ayoliga xos bo‘lgan yuksak intellektual salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarish, zahmatkash, oqila, mard va jasur onaxonlarimizning ishini munosib davom ettirishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani bilan muhimdir.
Bugun taraqqiyparvar dunyo ham xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi tengligi va to‘laqonli ishtirokini ta’minlash mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, jamiyatlar demokratlashuvi va Yer yuzida tinchlik-osoyishtalikni saqlashda eng muhim omillardan biri ekanini tobora chuqur anglamoqda.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri Charos Anvarbekova lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/ZnaJh_K1tVE" title="Charos Anvarbekova: "O`zbegimning ilg`or qizlaridanman..." " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA