“Charm to‘p-2019”: “Muxomon” – Xorazm viloyati bosqichi g‘olibi
Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘yingohida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida mahallalar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Charm to‘p-2019” respublika turnirining Xorazm viloyati bosqichi nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida uyushtirilayotgan musobaqaning mazkur bosqich hal qiluvchi uchrashuvida Qo‘shko‘pir tumanining “Durdona” hamda Hazorasp tumanining “Muxomon” mahallasi jamoalari maydonga tushishdi. O‘yin “Muxomon” futbolchilarining to‘liq ustunligida o‘tdi va ularning yirik – 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Muxomonlik havaskor yosh futbolchilar ushbu g‘alabasi evaziga “Charm to‘p” turnirining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida Xorazm vohasi sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi. “Durdona” mahallasi jamoasi 2-o‘rin bilan kifoyalandi. Xonqa tumanining “Gulg‘uncha” mahallasi jamoasi esa 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlar Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan tegishli diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.