Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Charm qo‘lqop ustalari bahslashdi
14:57 / 2014-12-01

Toshkent viloyatida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 150 nafar bokschi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Toshkent viloyatida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 150 nafar bokschi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final bahsida o‘smirlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempioni, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi farg‘onalik Bektemir Meliqo‘ziyev andijonlik Xurshidbek Normatov ustidan g‘alaba qozonib, mamlakat chempioni bo‘ldi.

Farg‘ona boks maktabining yana bir vakili Elshod Rasulov 81 kilogramm og‘irlikdagi charm qo‘lqop ustalari bahsida tengsiz ekanini isbotladi.

Andijonlik Abdulla Qo‘chqorov, buxorolik Shahobiddin Zoirov, Toshkent viloyatidan Murod Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Fazliddin G‘oibnazarov, Mahmud G‘oipov, Bahodir Jalolov va poytaxtlik Rustam To‘laganov ham o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar o‘rtasida poytaxtlik Muborak Kamolova, jizzaxlik Aziza Yoqubova, samarqandlik Yodgora Mirzayeva, andijonlik Zilola Akbarova va mezbonlar vakili Shahnoza Nizomova o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.